Sog‘lom turmush tarzi kuni doirasida mini-futbol musobaqasi
2024-yil 27-noyabr kuni universitetda “Sog‘lom turmush tarzi” kuni doirasida professor-o‘qituvchilar, boshqaruv va ishchi-xodimlar o‘rtasida mini-futbol musobaqasi tashkil etildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, zararli odatlardan voz kechishga undash va jismoniy faollik orqali kuchli immunitetni shakllantirishdan iborat.
Musobaqada jamoalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy ruhini namoyish etdilar. Natijalarga ko‘ra:
- 1-o‘rin – Ma'naviyat bo‘limi;
- 2-o‘rin – Tabiiy fanlar kafedrasi;
- 3-o‘rin – Iqtisodiyot kafedrasi jamoasi tomonidan qo‘lga kiritildi.
Tadbir universitet jamoasi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismoniy faollikni ommalashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bu kabi faoliyatlar har haftaning chorshanba kuni muntazam ravishda davom ettiriladi.