Qidirish

“SAMARQANDKIMYO” OAJ bilan hamkorlik amaliyotda!
Joriy yilning 27 noyabr kuni Navoiy innovatsiyalar universitetiga “SAMARQANDKIMYO” OAJ bosh muhandisi Isayev Ravshan Jalilovich boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar tashrif buyurishdi.
 
 
Mutaxassislar tomonidan Konchilik ishi ta'lim yo'nalishi talabalari uchun “Markaziy Qizilqum past navli fosforit rudalarini boyitishning biotexnologik usulini ishlab chiqish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
 
 
Ushbu tadbirda talabalarga "SAMARQANDKIMYO" OAJ faoliyati haqida atroflicha ma'lumot berildi. Korxona 2025-yilning III choragida o‘z faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yadi.
 
 
Buning natijasida NIUning “SAMARQANDKIMYO” OAJ bilan ikki tomonlama kelishuviga asosan kelajakda talabalar uchun amaliyot mashg'ulotlarini o'tash, bitiruvchi talabalarni ish bilan ta'minlash imkoniyatlari yaratiladi.