Nazariya va amaliyot uyg‘unligi
Kuni kecha Navoiy Innovatsiyalar institutining Iqtisod va axborot texnologiyalari kafedrasi o'qituvchisi Mo''tabar Xasanova tomonidan Iqtisod yo‘nalishida tahsil olayotgan 5-kurs talabalari uchun "Loyiha boshqaruvi" fanidan olgan bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida "Investitsiya loyihalarining marketengi" mavzusida ochiq amaliy dars olib borildi.
Ushbu amaliy dars jarayoni Navoiy viloyati Erkin Iqtisodiy Sanoat ishlab chiqarish hududidagi “Mono-led” va “Telecom DEVICES” zavodlarida bo'lib o'tdi. Ochiq dars jarayonida talabalar ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etib, mahsulot ishlab chiqarilishidan to tayyor mahsulot holiga kelishiga guvoh bo'lishdi.
Bundan tashqari, talabalar mijozlar bilan shartnomalar tuzish, tayyor mahsulotlarni eksport qilish haqida ma'lumot hamda maslahatlar olib, iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar.