NIU professor-o'qituvchilari ilmiy yutuqlari
2024 yil 29-noyabr kuni “Iqtisodiyot va AT” kafedrasi o‘qituvchisi Savriyeva Madina Xakimovnaning “Raqamli iqtisodiyot” fanidan tayyorlagan “O‘quv qo‘llanma”si taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Savriyeva Madina Xakimovna o‘z taqdimotida talabalarga zamonaviy raqamlashtirilgan iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish, jamiyatning barcha sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish oqibatlarini iqtisodiy tizim va shunga mos ravishda yangi xususiyatlarni o‘rganish, isloh qilish, zamonaviy iqtisodiy muhitning barqarorligini, raqamli iqtisodiyot amaliy faoliyatda qo‘llanilishini ta’minlash zaruriyatini anglash va real hayotga amaliy tadbiq etish zarur ekanligini ta’kidladi.
Bu esa o‘z navbatida, zamonaviy raqamli iqtisodiyotda yuz berayotgan real iqtisodiy jarayonlarni tushunadigan, tahlil qila oladigan malakali zamonaviy iqtisodchi kadrlarni tayyorlashda ko‘mak beradi.