Daraxtlar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog'lar hosil qilish va ko'kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi. Shu bilan birga har yili kuz va bahor oylarida ekiladigan daraxtlar parvarishiga, ularning keyingi taqdiriga ham e'tibor qaratilishi lozimligi belgilandi.
Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”. Yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt ko'chatlarini ekib, bog'lar yaratish orqali bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun tabiatga mehr va e'tibor berilsa, kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydilar.