Qidirish

Yangiliklar

🏛 Navoiy innovatsiyalar universitetida davra suhbati
13.10.2025
893
🗓 2025-yil 30-sentabr kuni, 1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Navoiy innovatsiyalar universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Ustoz misli yonib turgan sham” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
👩‍🏫 Tadbirda uzoq yillik pedagogik faoliyati davomida yuksak yutuqlarga erishgan professor-o‘qituvchilar talaba yoshlarga o‘z tajribalari, erishilgan muvaffaqiyatlar hamda ular ortidagi fidokorona mehnat haqida so‘zlab berdilar.
✨ Mazkur davra suhbati talabalar uchun ustozlik kasbining sharafli va mas’uliyatli jihatlarini chuqurroq anglash, ustozlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.