Qidirish

Yangiliklar

🎉 “Bir qalbdan, ming qalbga” bayram tadbiri
13.10.2025
893
🗓 2025-yil 1-oktyabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Navoiy innovatsiyalar universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi tashabbusi bilan “Bir qalbdan, ming qalbga” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
👩‍🏫 Tadbirda maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari va ustozlari, universitet rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqan ustozlar o‘qituvchilik kasbining sharafli va mashaqqatli jihatlari, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr bildirib, ustoz va talabalarni bayram bilan tabrikladilar.
✨ Tadbir yuqori saviyada o‘tkazilib, barcha ishtirokchilarda bayramona kayfiyat uyg‘otdi hamda ustozlarga bo‘lgan ehtirom va minnatdorlik tuyg‘usini yanada mustahkamladi.
👥 Tashkilotchilar: • Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchilari: R. Ro‘ziyeva, M. Mansurova, S. Izzatullayeva • Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi ustozlari🤝 Umumiy tashkilotchilar: • Ochilov B. • Boboyeva B.