🎉 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni!
👨🏼🏫 Ustozlik – oliy saodat! Har bir insonning barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida, kasb egallab jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ustozlarning o‘rni beqiyosdir.
Bugun yuragi g‘ayrat-shijoatga to‘la, xalq roziligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabriklaymiz!
- Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga fayz-u baraka, ishlaringizda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Sharafli kasbingizda sobitqadam bo‘ling!
✨ Cheksiz ehtirom bilan,Umrzoq RadjabovNavoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusi direktori,iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.