🏐 Sport musobaqalari davom etmoqda!
Navoiy innovatsiyalar universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqalari 4 ta kafedra yoʻnalishlari oʻrtasida qizgʻin tarzda davom etmoqda.
📌 Musobaqalarning asosiy maqsadi – voleybol sportiga qiziqqan iqtidorli talabalarni saralab olish va ularni viloyat hamda respublika bosqichlariga tayyorlashdir.
Shu munosabat bilan, har haftaning payshanba kuni oʻtkaziladigan sport musobaqalarida barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
💪 Sport — sogʻlik garovi!Musobaqalar koʻtarinki ruhda va yuqori kayfiyatda oʻtmoqda.