Qidirish

Yangiliklar

🇺🇿 “Biz – Yangi O‘zbekiston bunyodkorimiz” davra suhbati
13.10.2025
893
📌 2025-yil 24-sentabr kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik, fuqarolik pozitsiyasi, milliy qadriyatlarga hurmat va zamonaviy dunyoqarashni shakllantirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
✨ Tadbirda iqtidorli talabalar, sport va ilmiy sohada yutuqlarga erishgan yoshlar faol ishtirok etdilar. Ular orasida respublika hamda xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalari, sport musobaqalari, startap va boshqa turdagi tanlovlar g‘oliblari ham bor.
🗣 Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, dolzarb masalalar bo‘yicha savol-javob va ochiq muloqotlar olib bordilar. Yoshlarning taklif va tashabbuslari alohida e’tiborga olindi.
🌱 Bu kabi tadbirlar yoshlarda fidoyilik, intiluvchanlik va yetakchilik fazilatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.