Unutilmas Bitiruv Kechasi:
Ilm va Quvonch Yagona Sahnada!
"Farhod" madaniyat saroyida Aniq, texnika va tabiiy fanlar hamda Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedralari bitiruvchilari uchun unutilmas bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi.
Bitiruvchilar va ularning yaqinlari saroy foyesida harbiy orkestr sadolari ostida tantanali kutib olindi.
Tadbir oliygoh rahbarlarining qaynoq tilaklari bilan boshlab berildi va sho‘x kuy-qo‘shiqlar, hayajonli lahzalar bilan davom etdi.
Marosim yakunida diplomlar o‘z egalariga bayramona tarzda topshirildi. So‘ngra barcha ishtirokchilar bayram dasturxoniga taklif etildi.
Bu kun bitiruvchilar uchun nafaqat ilm yo‘lidagi yangi bosqichning boshlanishi, balki do‘stlik, faxr va quvonchga boy shodiyona lahzalar bilan yodda qoldi.