Bitiruv kechasi – baxtiyor lahzalar,
unutilmas onlar!
“Farhod” madaniyat saroyida Navoiy innovatsiyalar universiteti bitiruvchilari uchun unutilmas va samimiy bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tantanali marosimda faxriy mehmonlar – Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muhiddin Kalonov hamda Navoiy viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi To‘xtayev Feruz Sa’dullayevich ishtirok etishdi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar hamda Filologiya va tillarni o‘qitish kafedralari bitiruvchi talabalariga diplomlar universitet ta’sischisi Urolbek Normuratov, rektor J.Mavlonov hamda faxriy mehmonlar tomonidan rasmiy va tantanali tarzda topshirildi.
Tadbir davomida sahnada kuy-qo‘shiqlar yangradi, zalda bayramona ruh hukm surdi. Bitiruvchilarning ota-onalari, yaqinlari va do‘stlari bu quvonchli daqiqalarda ularni samimiy tabriklab, g‘urur bilan qo‘llab-quvvatlashdi.
Shuningdek, bitiruv kechasi doirasida Navoiy davlat pedagogika universiteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanib, kelgusida kadrlar tayyorlash, ta’lim va ilmiy yo‘nalishlarda oliygohlar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.
Mazkur kecha bitiruvchilarning hayotida o‘chmas iz qoldirgan, unutilmas va esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi!