Qidirish

Ilmiy konferensiya va tadbirlar

NIUda "Zakovat" bellashuvi!
25.04.2025
893
NIUda "Zakovat" bellashuvi! 
 
       Navoiy innovatsiyalar universitetida yoshlarining boʻsh vaqtlarini samarali va mazmunli tashkil etish maqsadida turli tanlovlar, viktorinalar, sport oʻyinlari, intellektual bahslar hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.  
 
 
     Jumladan, joriy yilning 23-aprel sanasida  universitetning Axborot resurs markazi hamda Tyutorlar hamkorligida "Zakovat" intellektual bellashuvining VI-tur, ya’ni Final  o‘yini bo'lib o'tdi.
 
 
       Bellashuvda 10 ta jamoa ishtirok etib,  quyidagi jamoalar  g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
      1-oʻrin – "Rumiylar" jamoasi;
      2-oʻrin – "NİU professorlari" jamoasi;
      3-oʻrin –  "Dominant" jamoasi.
 
 
       Barcha tur o‘yinlari bo‘yicha munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va faol qatnashgan bilimdon talabalar estalik sovg‘alari, diplom hamda kubok bilan taqdirlandilar.