Buxoro davlat universitetida “Ma'rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 5 ta jamoa 3 shart asosida o‘zaro bellashdilar.
Birinchi shart — “Adiblar hayoti” deb nomlanib, unda ishtirokchilar adiblar xiyobonida haykali o‘rnatilgan taniqli shoir yoki yozuvchilardan birining hayot yo‘lini namoyon etishlari talab qilindi.
Ikkinchi shart — “Savol-javob” bo‘lib, unda ishtirokchilarning mazkur mavzudagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Uchinchi shartda esa — teatrlashtirilgan kompozitsiya orqali adiblar hayoti va ijodini yoritgan holda, qatagon qurbonlariga aylangan shahid adib va shoirlar taqdiri sahnada real voqelikka asoslangan holda namoyon etildi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, Navoiy innovatsiyalar universitetining “Yangi O‘zbekiston jadidlari” jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoalar belgilangan tartibdagi pul mukofotlari hamda turli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.