Qidirish

Ilmiy konferensiya va tadbirlar

Navoiy innovatsiyalar universitetida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi
21.04.2025
893
Navoiy innovatsiyalar universitetida Respublika
ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi
 
     2025-yil 15-aprel kuni Navoiy viloyati “REGAL” mehmonxonasida Navoiy innovatsiyalar universiteti “Aniq, texnika va tabiiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Globallashuv sharoitida ekologik xavfsizlikni ta'minlash va yer, suv resurslaridan foydalanishni modernizatsiya qilish” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi.
 
 
    Mazkur anjumanda O'zbekiston va xorijiy oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlardan yetakchi olimlar, professor-o'qituvchilar va ilmiy xodimlar ishtirok etdilar.
 
 
    Tadbir davomida global iqlim o'zgarishlarining suv resurslariga ta'siri, ekologik muammolarning ortishi hamda ularga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari keng muhokama qilindi.