Yutuqlarga boy uchrashuv:
Yuzdan ortiq ilm egalari taqdirlandi!
Kecha Navoiy innovatsiyalar universitetida tantanali tadbir bo‘lib o'tdi. Tadbirda oliygoh rektori, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Tadbirdan ko'zlangan maqsad mamlakatimiz rahbari ilgari surayotgan g'oya "iqtidorli va izlanuvchan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, rag‘batlantirish hamda ularga alohida e'tibor qaratishdir".
Navoiy innovatsiyalar universiteti ham 120 dan ortiq ilm egalariga "stipendiya" va "grant"larni topshirdi. Sovrindorlarning ko'pchiligini xotin-qizlar tashkil etgani Prezidentimizning "xotin-qizlar ta'limi"ga e'tibori, yaratib berayotgan shart-sharoit va mehnatlari mevasi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Jumladan, adabiyot, zakovat va ma'naviy-ma'rifiy ko'rik tanlov musobaqalarida yuqori o'rinlarni zabt etgan talabalarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Navoiy innovatsiyalar universiteti - ilm egalari qadrlanadigan maskan!