Qidirish

NIUda Respublika Ilmiy-Amaliy Anjumani!
 
            Qadrli yurtdoshlar!
          O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 30-oktyabr – 1-noyabr kunlari Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida 2025-yilni viloyatimizda “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilishi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son xatiga ko‘ra Navoiy innovatsiyalar universitetida 2025-yil 14-fevral kuni “Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
 
    Shu maqsadda Respublikamizning barcha professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodim va izlanuvchilari hamda OTM iqtidorli talabalari va  magistrantlarini   Respublika ilmiy-amaliy anjumanida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
 
       Respublika ilmiy-amaliy anjuman yo‘nalishlari:
      1. Alisher Navoiy shaxsiyati va badiiyati.
      2. Navoiy ijodi va tilshunoslik masalalari. 
      3. Navoiy ijodi Sharq va G‘arb sharqshunosligi nigohida. 
      4. Navoiy ijodini tadqiq qilish muammolari: falsafa, tarix, madaniyat va san’at.
      5. Alisher Navoiy asarlarini o‘qitishda innovatsion yondashuv.
      
       Marhamat, tashrif buyuring!