Qidirish

Rektor va Yoshlar Uchrashuvi
         Joriy yilning 17-yanvar kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi hamda Ijtimoiy gumanitar fanlari kafedrasi birinchi kurs talaba-yoshlari uchun universitet rektori va ma’muriyati ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
 
 
          Uchrashuvda universitet rektori J.Mavlonov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor v.v.b A.Ergashev hamda O‘quv ishlari va ilmiy innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.Xudoyorov ishtirok etishdi.
 
 
          Uchrashuv davomida talabalar universitet rahbariyati bilan tanishtirilib, oliygohda yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, talabalarning takliflari, talab va istaklari tinglandi.