Shoir va yoshlar uchrashuvi: “So‘z bilan tirikman”
2025-yil 16-yanvar kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida “So‘z bilan tirikman” nomli shoir va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shoir Boboqand Mirzo, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, jurnalistlar, kutubxona vakillari, viloyat shoiralari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Shoir Boboqand Mirzo ijodidan namunalar keltirilib, uning hayoti va ijodiy yo‘li haqida mehmonlar tomonidan fikrlar bildirildi. Talabalar shoirning she’rlarini ijro etib, ijodga bo‘lgan muhabbatlarini namoyon etishdi.
Tadbirda shoira R.Fayzullayeva shoirga bag‘ishlangan she’rini o‘qib, Boboqand Mirzoning ijodiy uslubi va mahoratini e’tirof etdi. Uchrashuv barcha ishtirokchilar qalbida adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirdi va unutilmas taassurot qoldirdi.