Qidirish

images/rahbarlar/2025-04-03-10-06-24_4d4a5253e31d7bd3f235eeda44c00ae4.png

RAXMONOV ELDO‘ST ISAQULOVICH

Bosh direktor
2005 - 2008 yy. - Navoiy viloyati Xatirchi tumani “Shaxruz Shaxboz Alijon” f/x da ishchi.
2008 - 2012 yy. - Toshkent Davlat agrar universiteti talabasi.
2013 - 2016 yy. - Qibray qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida Maxsus fan o‘qituvchisi 
2016 - 2017 yy. - Qibray qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida Maxsus fanlar kafedra mudiri
2017 - 2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Axborot-metodik ta’minlash xizmati, O‘quv-normativ hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish guruhi yetakchi mutaxassisi.
2018 - 2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Andijon bo‘limi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini lisenziyalash bo‘limi bosh mutaxassisi.
2019 - 2022 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini lisenziyalash bo‘limi bosh mutaxassisi.
2023 y - h.v - Navoiy innovatsiyalar instituti NTM Bosh direktori.
Bosh direktor xizmat vazifalari:
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq muassasaning ta’lim, ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga rahbarlik qilish, qabul qilingan qarorlari oqibatlari, korxona mol-mulkining butligi va undan samarali foydalanilishi, shuningdek korxona faoliyatining moliyaviy-xo‘jalik natijalari uchun to‘liq javobgar bo‘lish;
barcha tarkibiy bo‘linmalar, ta’lim markazlari va ishlab chiqarish birliklarining ishini hamda samarali hamkorligini tashkil etish, ijtimoiy va bozor ustuvorligini hisobga olgan holda ularning faoliyatini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda takomillashtirishga, muassasa ishining samaradorligini oshirishga, ta’lim tizimi va boshqa xizmat ko‘rsatish sifatini oshirgan holda foydani ko‘paytirish;
muassasa budjeti,  mahsulot yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar va kreditorlar, shu jumladan bank muassasalari oldidagi majburiyatlarning, shuningdek, xo‘jalik va mehnat shartnomalari yuzasidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
ta’lim va boshqa xizmat ko‘rsatish hamda mahsulot ishlab chiqarish sifatini oshirish, muassasa iqtisodiy samaradorligini har tomonlama oshirish, mavjud zaxiralardan ratsional foydalanish va barcha turdagi resurslarni tejab sarflash maqsadida ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini eng yangi texnika va texnologiyalardan, boshqaruv va mehnatni tashkil etishning progressiv shakllaridan keng foydalanish, moddiy, moliyaviy va mehnat xarajatlarining ilmiy asoslangan normativlari, bozor kon’yunkturasi hamda (milliy va xorijiy) ilg‘or tajriba asosida tashkil qilish;
muassasani malakali kadrlar bilan ta’minlash, ularning kasbiy bilim va tajribalaridan oqilona foydalanish, hayot va sog‘liq uchun xavfsiz hamda qulay mehnat sharoitlarini tashkil etish, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish bo‘yicha choralar ko‘rish;
rahbarlik qilishning iqtisodiy va ma’muriy usullarining, yakkaboshchilik va kollegiallik tamoyillarining, har bir xodimning moddiy manfaatdorligi va o‘ziga topshirilgan ish va butun jamoaning ish natijalari uchun javobgarligi uyg‘unligini, ish haqining belgilangan muddatlarda to‘lanishini ta’minlash;
mehnat jamoasi va xodimlar vakillik organi bilan birgalikda ijtimoiy sherikchilik tamoyillari asosida jamoa shartnomasini ishlab chiqilishi, tuzilishi va bajarilishini, mehnat intizomiga rioya etilishini ta’minlash, muassasa xodimlarining mehnatiga intilishi, tashabbuskorligi va faolligini rivojlantirishga ko‘maklashish;
muassasaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga taalluqli bo‘lgan masalalarni qonun hujjatlari va korxona ustavi bilan unga berilgan huquqlar doirasida hal etish, faoliyatning alohida yo‘nalishlarini yuritishni boshqa mansabdor shasxlar – rektor, prorektor, bo‘lim, tegishli xizmatlar rahbarlariga topshirish;
muassasa faoliyatida va uning xo‘jalik-iqtisodiy aloqalarini amalga oshirishda qonuniylikka rioya etilishini ta’minlash, bozor sharoitlarida moliyaviy boshqarish va ishlash, shartnomaviy va moliyaviy intizomni mustahkamlash, ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish, tadbirkorlik faoliyati ko‘lamini saqlab turish va kengaytirish maqsadida muassasaning investitsiyaviy jozibadorligini ta’minlash uchun huquqiy vositalardan foydalanish;
xalqaro tashkilotlar, nodavlat muassasalar bilan hamkorlikni mustahkamlash va bu boradagi faoliyatni nazorat  qilish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida korxonaning mulkiy manfaatlarini himoya qilish, sudda da’vogar va javobgar bo‘lish.
Bosh direktorning huquqlari:
NTM va uning Kengashiga rahbarlik qilish;
NTM barcha xodimlari bilan mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzish va va uni bekor qilish;
NTMning barcha xodimlari, talabalari hamda ilmiy izlanuvchilar uchun ijrosi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;
NTM tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining vakolatini belgilaydi va ular to‘g‘risida nizomlarni tasdiqlaydi;
NTM xodimlarining shtatlar soni va lavozim maoshlari tarif setkasi doirasida muassasa professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlarining sonini hamda lavozim maoshlarini tasdiqlaydi;
NTM xodimlarining lavozim maoshlariga ustama va qo‘shimcha haqlarni belgilash ishini muvofiqlashtiradi;
NTM Ustavi, Ichki tartib qoidalari va boshqa lokal hujjatlarni buzib, mehnat va ijro intizomiga rioya etmagan xodimlardan tushuntirishlar talab etishi hamda qonunchilikda nazarda tutilgan choralar ko‘rish masalasini ko‘rib chiqadi;
o‘quv jarayoni faoliyatini yaxshilash, xizmat vazifalarini bajarishda yuqori malakasi va bilimi bilan ajralib turadigan, shuningdek, rahbariyatning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan topshiriqlarini o‘z vaqtida ijro etgan xodimlarni rag‘batlantirib boradi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.
1088