O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, odob-axloq qoidalarga rioya qilish;
• Korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, va bunday holatlar guvohi bo‘lgan taqdirda zudlik bilan universitet rahbariyatiga va korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga xabar berish;
•O‘z xizmat vazifalarini suiste'mol qilmaslik;
•Boshqarmaning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
•Boshqarmaning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish va ularning ijrosini ta'minlash;
•Boshqarma maqsadidan kelib chiqib ta'lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
•O‘zbekiston Respublikasining ta'limga oid Qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay'at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, modemogramma va telefonogrammalarni hamda o‘quv jarayoniga oid universitet rektorining buyruqlari ijrosini ta'minlash va monitoringini olib borish;
•O‘quv jarayoniga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan kabul kilingan farmon va karorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
• Davlat ta'lim standarti Asosiy qoidalar asosida, bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutahasisliklari bo‘yicha malaka talablarini ilg‘or xorijiy tajribalarga tayangan holda kadrlar buyurtmachilarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib ishlab chiqish va tasdiqlashini ta'minlash;
•Ta'lim yo‘nalishlari va mutaxasisliklari bo‘yicha ishlab chiqilgan malaka talablariga muvofiq o‘quv rejalarini kredit-modul tizimini joriy etgan holda tegishli shaklda ishlab chiqishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taьminlash;
•Fakultet va kafedralar o‘quv ish rejalarini bajarilishini nazorat qilish;
•Kafedralar o‘quv jarayonidagi faoliyati hisobotini tahlil qilish;
•O‘quv jarayonini yanada takomillashtirilishiga qaratilgan masalalar bo‘yicha barcha fakultet va kafedralarda muntazam ravishda, hamjihatlik asosida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish, rejalar tuzish:
•Universitet bilan korxona, tashkilot, muassasa shu jumladan xorijiy OTMlar o‘rtasida o‘quv yo‘nalishi bo‘yicha manfaatli hamkorlikda tuzilgan shartnomalar bajarilishini ta'minlash:
•Boshqarmaning ish rejasini tuzish va ularning ijrosini ta'minlash;
• O‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirib borish;
•O‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish;
•O‘quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etishda ishtirok etish, Universitet uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlarida qatnashish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
•O‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini Universitet xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayonini ta'minlab borish;
• Universitetning barcha ta'lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlarini o‘quv-uslubiy va ilmiy nashrlari bilan kutubxona fondini to‘ldirib borilishini ta'minlash;
• O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
• O‘quv jarayonini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda fakulьtet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
•Fakultet va kafedralarning yillik faoliyati hisobotlarini tahlil qilish;
•Oliy ta'lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlik qilish, konferensiya va seminarlarda professor-o‘qituvchilarning ishtirokini ta'minlashni amalga oshirish, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
•O‘rnatilgan tartibda Universitetning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarida ishtirok etish;
• Universitetni o‘rnatilgan tartibda ichki attestasiyadan o‘tkazish, tashqi attestasiyaga tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
•O‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish va o‘quv jarayonining yillik ish rejasini tuzilishini ta'minlash ;
•Universitet o‘quv yili grafigi ishlab chiqish va nazorat qilish;
•Fakultet va kafedralarda o‘quv yuklamalari xisob kitobini to‘g‘ri va amaldagi me'yoriy xujjatlarga asosan optimal taqsimlanishini nazorat qilish;
•Universitetda auditoriya fondini ishlatish, foydalanish va ularni taqsimlanishini o‘rganish va tahlil qilish;
•Universitetda soatbay fondini to‘g‘ri ishlatilishini nazorat qilish;
•O‘quv-uslubiy jarayoniga tegishli hujjatlar mavjudligi va ularni saqlanishini ta'minlash;
•Davlat ta'lim standartlari asosida ta'lim jarayonini tashkil etilishini, o‘quv-uslubiy kengashni o‘z vaqtida o‘tkazilishini tashkil etish;
•Ilg‘or mamlakatlar ta'lim tizimining rivojlanish an'analarini o‘rganish, “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa ta'limga oid normativ-huquqiy xujjatlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish;
•Fakultetlarda darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishini, o‘quv-uslubiy majmualar bilan ta'minlanishi bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
•Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishini ijrosini ta'minlash;
•Barcha ta'lim yo‘nalishlarini o‘quv reja va fan dasturlari bilan ta'minlash;
•O‘quv - uslubiy bo‘limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini ta'minlash;
•Talabalarning o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etilishini ta'minlash;
•Talabalar bilimini baholashning zamonaviy reyting, kredit-modul tizimlarini tatbiq etilishini ta'minlash;
• Universitet Kengashi rejasi asosida o‘quv jarayoniga tegishli masalalarni belgilangan muddatda sifatli tayyorlashini ta'minlash;
•Boshqarma faoliyatiga oid ma'lumot va hisobotlarni Vazirlikka o‘z vaqtida, o‘rnatilgan tartibda taqdim etib borish;
•Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
•Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
•Lavozim (vazifa) yo‘riqnomasiga rioya qilish;
•O‘z vakolatiga taalluqli bulgan vazifalarning bajarilmagani uchun qonun xujjatlarida belgilangan tartibda javob berish;
•O‘ziga biriktirilgan universitet mulki uchun qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda javob berish
•boshqarma hujjatlari va mulkiga zarar yetkazilishida yoki yo‘qolganida aybdor bulgan holda amaldagi qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob berish.