Поиск

2024-yil 21-oktyabr kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan  “Ona tilim - sarchashmangdan sarxush dilim” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.              
 
                                                                                          
🟢 Til - millatning oʻtmishi, buguni va ertasini bogʻlab turadigan mustahkam koʻprik. Til - madaniyat, maʼrifat, axloq, tarbiya va shaxs kamolotining bosh mezoni. Til, millat, davlat... Bu uch tushunchani bir-biridan ayro tasavvur qilib boʻlmaydi. Har bir inson oʻz ona tilida soʻzlaydi, ona tilida tafakkur qiladi. 
😎 Tadbirda talaba yoshlar tomonidan ona tilimizni madh eltuvchi, ulugʻlovchi  she'rlar, kuy va qo'shiqlar kuylandi, raqslar ijro etildi. Tadbir ko'tarinki ruh va yuksak saviyada o'tkazildi.