Поиск

Новости

📚 Navoiy innovatsiyalar universiteti “Mutolaa va mushoira” klubining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
20.10.2025
893
Tadbirni klub rahbari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Fayzullayeva Ra’no Maxmudovna olib bordi.
Uchrashuvda filologiya fanlari doktori (DSc) G‘ulomova Nargiza Sa’dullayevna ishtirok etib, Alisher Navoiy merosining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni hamda o‘zbek tili nufuzini oshirish borasidagi buyuk xizmatlari xususida o‘z mulohazalarini bildirdi.
Tadbir davomida:🔹 Alisher Navoiy hayoti, ilmiy va ijodiy merosi haqida so‘z yuritildi;🔹 Navoiy qalamiga mansub g‘azallar mahorat bilan ijro etildi;🔹 Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning “Navoiy” romani tahlil qilinib, asar yuzasidan qizg‘in fikr almashuvi va bahs-munozaralar olib borildi.
📌 Uchrashuv yakunida klub a’zolariga galdagi vazifalar topshirildi. Ushbu tadbir orqali yoshlar qalbida adabiyotga muhabbat, Alisher Navoiy asarlariga bo‘lgan qiziqish va hayrat yanada oshdi.