Navoiy innovatsiyalar universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi, O‘zbek tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi Narziqulov Rabbim Aminjon o‘g‘li Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Millatlar mozaikasi — 8 davlat, 1 sahna, 1 qalb” xalqaro festivalida faol ishtirok etdi.
Talabaning ilmiy-ijodiy faoliyati va xalqaro miqyosdagi tashabbuslari e’tirof etilib, Jadidlar xalqaro ilmiy tadqiqotlar assotsiatsiyasining 2025-yil 10-sentabrdagi 77-sonli buyrug‘iga asosan, xalqaro miqyosda tashkil etilgan “Millatlar mozaikasi” festivalining “Do‘stlik elchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, u festival doirasida o‘tkazilgan “Ijodkor va iqtidorli yoshlar” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
Talabaning ilmiy rahbari — Rajabov Faxriddin Toshpolatovich, filologiya fanlari dotsenti, falsafa fanlari doktori, yoshlarning ilmiy-ijodiy izlanishlariga ko‘rsatgan yordami va rahnamoligi uchun tashakkurnoma hamda faxriy guvohnoma bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun aytish joizki, ushbu tanlovda Navoiy innovatsiyalar universitetining 23 nafar iqtidorli va bilimli talabalari ishtirok etishdi.