Bilim — eng katta boylik!
                    
                    
                 
                
                    
✨ Bugun Navoiy Innovatsiyalar Universiteti Surxondaryo kampusida 1-kurs talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning maqsadi — yoshlarning bilim darajasini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda jamoaviy ishlash madaniyatini shakllantirishdan iborat.
 🎓 Talabalar o‘yinda faol ishtirok etib, o‘z salohiyatlari va bilimlarini namoyish etdilar. Bu esa ularning intellektual rivoji va kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam zamin yaratadi.