Search

News

📢 “Xon atlas” jilosi va “Osh chempionati” — unutilmas kun!
13.10.2025
893
2025-yil 25-sentabr kuni universitetimizda milliy urf-odat va qadriyatlarni ulug‘lashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
🌸 “Xon atlas” jilosi talabalarga milliy liboslarning betakror go‘zalligini namoyon etib, tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
🍲 Eng qizg‘in daqiqalar esa “Osh chempionati”da yuz berdi! 18 ta yo‘nalishdan 21 ta jamoa bellashib, mahorat va ijodkorlikda o‘zaro kuch sinashdi.
🏆 Natijalar:🥇 1-o‘rin — Biologiya yo‘nalishi (sirtqi ta’lim, 5-kurs, 5-guruh)🥈 2-o‘rin — Ingliz tili yo‘nalishi (kunduzgi ta’lim, 2-bosqich, 2-guruh)🥉 3-o‘rin — Rus tili yo‘nalishi (kunduzgi ta’lim, 2-bosqich, 2-guruh)🎖 4-o‘rin — Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi (sirtqi ta’lim, 4-bosqich)🎖 5-o‘rin — Biologiya yo‘nalishi (kunduzgi ta’lim, 2-bosqich, 1/2-guruh)
🎉 G‘oliblar esdalik sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlanib, ishtirokchilar yorqin xotiralar bilan qaytdilar.