Search

News

📖 USTOZ YO‘LI
13.10.2025
893
Ma’rifat yo‘lida karvonboshimiz,Ko‘ngil san’atkori, qalb munaqqoshi,Hayot tarozisin iymon toshi,Ustoz – sizdan yurmoq bizning shashtimiz!
O‘zimdan o‘zimni qayta kashf etgan,Kim bor ustozsiz kamol kasb etgan?Jaholat zulmatin shamdek yoritgan,Ustoz – sizdan yurmoq bizning shashtimiz!
Siz-la ko‘zin ochgay dunyoyi azim,Boshim yerga qadar qilaman ta’zim.Manzilga mayoqsiz, yo‘lchi yulduzim,Ustoz – sizdan yurmoq bizning shashtimiz!
✍️ Suhrob Ismat OchilovNavoiy innovatsiyalar universiteti 3-bosqich talabasi
🟢 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati