Search

News

NIU Bitiruv Kechasi – ikki kun, ming lahza, bitta yodgorlik!
05.08.2025
893
NIU Bitiruv Kechasi – ikki kun, ming lahza, bitta yodgorlik!
 
 
     "Farhod" madaniyat saroyida Navoiy innovatsiyalar universiteti bitiruvchilari uchun ikki kun davomida unutilmas bitiruv kechalari tashkil etildi. Filologiya va tillarni o'qitish, Ijtimoiy-gumanitar fanlar, Aniq, texnika va tabiiy fanlar, shuningdek, Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedralarining bitiruvchilari harbiy orkestr sadolari ostida tantanali kutib olindi.
      Bayramona tarzda boshlangan tadbir oliygoh rahbarlarining qalbdan chiqqan tilaklari, ustozlarning samimiy so‘zlari, sho‘x kuy-qo‘shiqlar va raqslar bilan davom etdi. Kechalarning har bir daqiqasi quvonch, iftixor va yoshlarning baxtdan mag‘rur chehralari  bilan bezandi.
        Marosim so‘ngida diplomlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. Shundan so‘ng, barcha ishtirokchilar bayram dasturxoniga taklif etildi. Bu ikki kun — minglab his-tuyg‘ular, hayajonli lahzalar va ajralmas xotiralar jamlangan, yoshlar qalbida abadiy muhrlanadigan bitiruv ayyomiga aylandi!