Search

"Dasturlash asoslari" fanidan universitet
bosqichi fan olimpiadasi yakunlandi
 
      Navoiy innovatsiyalar universitetida Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan Axborot texnologiyalari yo‘nalishi talabalari o‘rtasida "Dasturlash asoslari" fanidan universitet bosqichi fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
 
 
       Olimpiada ikki bosqichda tashkil etildi:
       1-bosqich – test sinovi
       2-bosqich – amaliy dasturlash
      Ushbu bosqichlarda quyidagi talabalar faol ishtirok etishdi: Karimov Islom, Sharipov Abdukarim, Muxtorov Rustam, Xudoyberdiyev Medet.
 
 
         Natijalarga ko‘ra, Muxtorov Rustam 90 ball bilan eng yuqori natijani qayd etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, u ZARMED Universitetining Buxoro kampusida bo‘lib o‘tadigan 1-Respublika fan olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
      Talabamizni ushbu yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz va Respublika bosqichida omad tilaymiz!