Search

News

⚡️ Olima ayollar minbari
13.10.2025
893
📚 “The Voice of Young Uzbek Women: Bridging Cultures, Inspiring the World” nomli Xalqaro Antologiya AQSh va Qatarda chop etildi. Ushbu nashr Qatar madaniyat vazirligi hamda O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi tomonidan alohida e’tirof etilib, yuksak baholandi.
🌍 Antologiya 26 ta davlatda sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, unda o‘zbek olima ayollari va xotin-qizlarining ijodiy ishlari o‘rin olgan.
🎓 Universitetimiz faxri — Navoiy innovatsiyalar universiteti Tabiiy va texnika fanlari kafedrasi dotsenti, “Olima qizlar” klubining faol a’zosi Lola Zoirovaning maqolasi ham ushbu nashrda chop etildi.
✅ Hurmatli olima Lola Zoirova xonimni ushbu xalqaro yutuq va e’tirof bilan tabriklaymiz! Keyingi ilmiy-ijodiy faoliyatlarida ulkan omad va zafarlar tilaymiz!
#NIU #OlimaQizlar #IlmiyYutuq #XalqaroE’tirof