搜索

Tilni tanlang

×

消息

Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!
31.01.2026
893
Navoiy innovatsiyalar universitetida bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng islohotlarning davomi va tahliliy natijalari sifatida “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Ushbu seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Navoiy viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda olib borildi. Seminar-trening davomida  bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb masalaga aylanganligi, korrupsiyaning barcha soha rivojiga to‘sqinlik qiluvchi omil ekanligi, korrupsion holatlar faqat statistik ko‘rsatkich emas, balki jamiyat rivojiga putur yetkazuvchi illat ekanligi alohida ta’kidlandi. Uchrashuv davomida korrupsiyaning bugungi kunda favqulodda holatga aylanib borayotganligi va xalqaro miqyosda va mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar hayotiy misollar orqali ta’kidlab o‘tildi. Ushbu tadbirni tashkil etishdan maqsad bugun mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni fuqarolar ongiga singdirish, talaba-yoshlar ongida halollik, mas’uliyat tushunchalarini kuchaytirish, turli jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.