Navoiy innovatsiyalar universiteti delegatsiyasi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan “THE World Academic Summit — 2025” xalqaro sammitida ishtirok etdi. Tadbir doirasida oliy ta’lim muassasalarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi AACSB (Association to Advance Collegiate Schools of Business) tashkiloti vakillari bilan muzokaralar olib borildi.Muzokaralar davomida Top-1000 talik ro‘yxatining 251–300-o‘rinlaridan joy olgan Indoneziyaning SBM ITB (School of Business and Management, Institut Teknologi Bandung) oliy ta’lim muassasasi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish jarayonidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi hamda akademik hamkorlik yo‘nalishida Navoiy innovatsiyalar universitetiga yetakchilik qilish istagini bildirdi.