搜索

消息

🕯 Muzey — tarix saboqlari va ma’naviyat maskani 🏛️
13.10.2025
893
Navoiy innovatsiyalar universiteti ma'naviyat bo'limi,tyutorlar va talabalar “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdilar.
📌 Muzey bo‘limlari qatag‘on qurbonlari oilalari va avlodlari tomonidan taqdim etilgan eksponatlar hamda arxiv hujjatlaridan olingan tarixiy manbalar bilan boyitilgan.📌 Muzey direktori Qurbonov Xurshid Raupovich xalqimiz istiqloli va ilm-ma’rifati uchun jon fido qilgan, ammo nohaq ayblovlar bois qatag‘on qilingan ajdodlarimiz hayoti haqida batafsil ma’lumot berdi.
📚 Tashrif davomida ishtirokchilar tarixiy ashyolar, qo‘lyozmalar va ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy safar xodim va talabalarimiz qalbida milliy xotira hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. 🇺🇿