搜索

消息

🎭 Ijod va sahnalashtirishga yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulot
13.10.2025
893
Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusida 2-kurs Sirtqi ta’lim “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi talabalari uchun “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” fanidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
📌 Mashg‘ulotni tajribali o‘qituvchi Ermatova Mexriniso olib bordi. Dars davomida talabalarga: • bolalar sahna ijrosiga qiziqishini oshirish usullari, • kichik yoshdagilarda ijodkorlikni shakllantirishning samarali yo‘llari, • teatr elementlari orqali ta’lim va tarbiya jarayonini boyitish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
✨ Ushbu mashg‘ulot talabalarning nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki kelajakda maktabgacha ta’lim muassasalarida samarali faoliyat yuritishlari uchun muhim tajriba vazifasini o‘tadi.