搜索

消息

Kun talabasi
09.10.2025
893
Murtazoyeva Sevara Ne’mat qizi
📌 Yoshi: 22 yosh📌 O‘qish joyi: Navoiy innovatsiyalar universiteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi,“Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi
Erishgan yutuqlari: • 2025-yil – “Quality Publication” ilmiy nashrlar markazi tomonidan o‘tkazilgan “Ta’limdagi muvaffaqiyatlari uchun” ilmiy-ijodiy anjumanida maxsus diplom, ko‘krak nishoni va statuetka bilan taqdirlangan. • 2025-yil – MDH miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovda “Yuksak Ehtirom” esdalik ko‘krak nishoni, esdalik belgisi va maxsus guvohnoma bilan taqdirlangan. • 2025-yil – Google Scholar xalqaro konferensiyasida “Inkluziv ta’limning jahon darajasidagi muammolari va yechimlari: O‘zbekiston misolida” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan. • 2025-yil – Rossiya Federatsiyasi va AQShda ta’lim tizimiga oid mavzularda o‘tkazilgan xalqaro onlayn konferensiyalarda faol ishtiroki uchun sertifikatlar bilan taqdirlangan. • 2025-yil – Navoiy davlat universiteti hamda Navoiy innovatsiyalar universiteti hamkorligida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonda sifatli ta’lim: Milliy tizim va barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumanda faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. • 2025-yil – Navoiy innovatsiyalar universitetida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovida “Eng samimiy qiz” nominatsiyasi bilan taqdirlangan. • 2024-yil – Navoiy innovatsiyalar universitetida Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan “Zulfiyaxonim izdoshlari” ko‘rik-tanlovida faxrli II o‘rin sohibasi bo‘lgan.
Shiori:“Ta’limdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay.”