搜索

消息

🎉✨ Hurmatli ustoz va murabbiylar! ✨🎉
13.10.2025
893
Sizlarni 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman! 
👩‍🏫 Ustozlik kasbi – eng sharafli va mas’uliyatli kasblardan biri. Siz azizlarning fidoyiligingiz, bilim va tarbiyaga bo‘lgan sadoqatingiz tufayli jamiyatimizda komil insonlar, yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan yetuk mutaxassislar voyaga yetmoqda.
📖 Sizlarning har bir so‘zingiz, har bir darsingiz talabalarning qalbi va ongida ezgu iz qoldiradi. Shogirdlar qalbida ilmga muhabbat, vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirishdagi mehnatingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiraman.
🌹 Aziz ustozlar!Sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka, kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz ravnaqi va yoshlar kelajagi yo‘lida olib borayotgan mashaqqatli, ammo sharafli mehnatingizda bardavom bo‘ling!
Hurmat va ehtirom bilan,Navoiy Innovatsiyalar Universiteti Rektori: Jo’rabek Mavlonov