🎓 Navoiy innovatsiyalar universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi, “Olima qizlar klubi” a’zosi Davlatova Aziza Akmalovnaning bir nechta ilmiy-uslubiy ishlari chop etildi.
📚 Nashrlardan biri — “Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar madaniyati va tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma bo‘lib, unda mamlakatlarning qadimiy tarixi, hayot tarzi, urf-odatlari, ta’lim, fan va madaniyati dalillar asosida yoritilgan.
📖 Ikkinchi nashr esa — “Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini shakllantirish usullari” nomli uslubiy ko‘rsatma bo‘lib, unda bolalar nutqini to‘g‘ri shakllantirish, boyitish va rivojlantirishda foydali metodik maslahatlar keltirilgan.
✅ Aziza Akmalovna xonimni ushbu ilmiy yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz hamda keyingi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
#NIU #OlimaQizlar #IlmiyYutuq #YoshOlimalar