Navoiy innovatsiyalar universiteti hovlisida 20-oktyabr kuni Xon-atlas festivali va 21-oktyabr til bayrami munosabati bilan ochiq ko`rgazmalar hamda kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Navoiy innovatsiyalar universiteti bosh direktori E.Raxmonov va O`quv ishlari bo`yicha prorektor Sh.Atamurodov tomonidan mehmonlarga kitoblar sovg`a qilindi.
Yarmarkada 700 dan ziyod adabiyotlar namoyish etildi va talabalar tomonidan xarid qilindi.