Qidirish

 

 

    2023 yilning 13-sentabr kuni Navoiy innovatsiyalar universiteti “Aniq, texnika va tabiiy” fanlar kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan Biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ochiq laboratoriya darslari tashkil etildi.

   Biologiya fanlari doktori, professor A.Ilyasov odam anatomiyasi fanidan “Ovqat hazm qilish tizimining gistologik tuzilishi”, biologiya fani o‘qituvchisi O.Abralov  zoologiya fanidan “Suyakli baliqlarning ichki tuzilishi”, biologiya fani o’qituvchisi L.Sadilloyeva  botanika fanidan “Suv o’tlarining mikroskopik ko’rinishlari” mavzulari bo‘yicha talabalarga ochiq laboratoriya darslarini  o‘tdilar. Dars jarayonida eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy laboratoriya jihozlaridan foydalanildi.