"Jadidlar jasorati – millatimiz faxri" insholar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi
2025-yil 17-yanvar kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi hamda Maʼnaviyat boʻlimi hamkorligida talabalar oʻrtasida "Jadidlar jasorati – millatimiz faxri" mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.
Tanlovda Filologiya va tillarni oʻqitish kafedrasining ingliz tili yoʻnalishi 1-kurs talabasi Miyzamova Hulkar faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Filologiya va tillarni oʻqitish kafedrasining oʻzbek tili yoʻnalishi 2-kurs talabasi Ochilov Suxrob 2-oʻrinni egalladi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish kafedrasining Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 1-kurs talabasi Bahrinova Gulhayo 3-oʻrin bilan taqdirlandi.
Gʻoliblarga universitet rahbariyati tomonidan tanlov nizomiga muvofiq pul mukofotlari, diplomlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Insholar tanlovida faxrli 1-oʻrin sohibasi boʻlgan Miyzamova Hulkar universitet nomidan Respublika bosqichida ishtirok etadigan boʻldi.
Gʻoliblarni yana bir bor tabriklaymiz va ularga muvaffaqiyat tilaymiz!