NIUda "Zakovat" intellektual o'yini
Navoiy innovatsiyalar universiteti Axborot-resurs markazida "Birga kitob o'qiymiz" loyihasi doirasida navbatdagi "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
Loyihaning navbatdagi sonida PAULO Koeloning "Alkimyogar" kitobi yuzasidan savol-javob o'tkazildi.
O'yinda 10 ta jamoa ishtirok etib, ushbu tur bo'yicha quyidagi jamoalar go'liblikni qo'lga kiritdilar:
1-o'rin – Dominantlar jamoasi;
2-o'rin – Intellektual kuch jamoasi;
3- o'rin – NIU biologlar jamoasi.