Qidirish

"Vatan, to tanda jonim bor — seningdirman, seningdirman!"
      Navoiy innovatsiyalar universitetida "Filologiya va tillarni oʻqitish" kafedrasi o'qituvchilari tomonidan oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qo'shgan zabardast ijodkor, olovqalb shoir, mahoratli tarjimon, mohir dramaturg va davlat arbobi, O'zbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.
 
     
   Tadbir avvalida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyat boʻlimi boshligʻi Baxriddin Sadriddinov, universitetning ma'naviy-ma'rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha prorektori A.Ergashov hamda Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi mudiri K.Kadirovlar so‘zga chiqib, Erkin Vohidov asarlari g‘oyasi hamda  shoir shaxsiyati haqida oʻzining qimmatli fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi.
 
 
       Tadbir davomida Erkin Vohidov sheʼriyati, gʻazal, doston, dramalariga alohida urgʻu berilib, asarlari asosida sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Shoir sheʼrlari asosida xalqimizning musiqiy mulkiga aylangan qoʻshiqlar jonli ijroda kuylandi.
 
 
       "Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili" ta'lim yoʻnalishining bitiruvchi 5-kurs talabalari ishtirokida o‘tkazilgan ushbu tadbir barchaga  manzur bo‘ldi.
 
 
      Tadbir soʻngida iste'dodli va iqtidorli, faol va jonkuyar talabalar universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
 
 
      Atoqli shoirimiz Erkin Vohidovning  yorqin xotirasi va o‘lmas asarlari biz avlodlar qalbida mangu yashaydi!